JURNAL HAQIDA
“Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin” jurnali muassisi – Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti.
2009–2019-yillarda Andijon davlat universiteti muassisligida “Ilmiy xabarnoma – Научный вестник” (ISSN 2091-5780) nomi bilan ilmiy jurnal chop etilgan. Ushbu jurnal Andijon viloyati Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2009-yil 7-aprelda 04-039 raqami bilan ro‘yxatga olingan hamda 2020-yilga qadar bir yilda 4 martadan muntazam chop etilgan.
2019-yilda “Ilmiy xabarnoma – Научный вестник” jurnalidan “Ilmiy xabarnoma. Fizika-matematika tadqiqotlari” (ISSN: 2181-0702) jurnali ajralib chiqdi va mustaqil jurnal sifatida chop qilina boshladi.
2020-yildan jurnal seriyalarga ajratilgan holda qayta tashkil qilinib, “Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin” nomi bilan 2020-yil 7-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 1097 raqami bilan ro‘yxatga olindi. Jurnal quyidagi 4 seriyada chop etila boshlandi:
Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Humanitarian Studies.
Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar. – Scientific Bulletin. Series: Pedagogical Research.
Ilmiy xabarnoma. Seriya: Kimyo tadqiqotlari. – Scientific Bulletin. Series: Chemical Research.
Ilmiy xabarnoma. Seriya: Biologik tadqiqotlar. – Scientific Bulletin. Series: Biological Research.
2025-yil 3-martda “Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan №676359 raqam bilan Internet global tarmog‘i orqali tarqatiladigan jurnal sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi (E-ISSN: 2181-306x). Shu yil boshidan jurnal quyidagi 4 seriyada e’lon qilina boshlandi:
Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Humanitarian Studies.
Ilmiy xabarnoma. Seriya: Ijtimoiy fanlar. – Scientific Bulletin. Series: Social Research.
Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar. – Scientific Bulletin. Series: Pedagogical Research.
Ilmiy xabarnoma. Seriya: Biologik tadqiqotlar. – Scientific Bulletin. Series: Biological Research.
Jurnalning maqsad va vazifalari
“Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin” jurnalining maqsadi mutaxassis va olimlarning ilmiy va uslubiy ahamiyatga molik maqolalari, ilmiy axborotlari, ixtirolari, yangi ilmiy izlanishlar natijalarini, ishlab chiqarishga qo‘llashga doir ilmiy tavsiyalarini e’lon qilish orqali ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishdan iborat. Jurnalning vazifalari:
- universitetda va boshqa oliy o‘quv yurtlarida tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bilan tanishtirib borish;
- ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga ko‘maklashish;
- turli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalarda olib borilayotgan tadqiqotlarning o‘zaro muvofiqlashtirilishiga qo‘shimcha imkon yaratish;
- yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirishga ko‘maklashish.
“Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin” jurnali tabiiy, ijtimoiy va gumanitar sohalarga ixtisoslashgan.
Jurnal bir yilda 8 marta (har bir seriya 2 marta) e’lon qilinadi.
Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
E’lon qilingan sonlarning to‘liq matni bilan “Arxiv” bo‘limida tanishish mumkin.
“Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin” jurnaliga kelgan barcha maqolalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan taqrizdan o‘tkazilishi qat’iy belgilangan.
Maqolalarning e’lon qilinish muddati maqola tahririyatga kelib tushganidan keyin bir yilgacha vaqtni olishi mumkin.
Tahririyat manzili: Andijon viloyati, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy, Andijon davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi.
E-mail: adu_xabarnoma@mail.ru